Talabalar Oliy Majlis Senati faoliyati bilan yaqindan tanishdi!

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektor v.b Ahmedov Azizxon Muhsinjon o‘g‘li, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Muхamedjanova Lalixon Ashuraliуevna, tyutor Surayyo Tasheva va universitetning bir guruh faol talabalari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tashrifi amalga oshirildi.

📝 Unda Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi – Bahrom Ismoilovich Abdullayev yurtimizda keyingi yillarda fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida olib borilayotgan jadal islohotlar, qo‘mitaning faoliyati, shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida ham ma’lumotlar berib o‘tdi.

✔️ Uchrashuv savol-javob va muhokamalarga boy bo‘ldi. Talaba-yoshlar Oliy Majlis Senatining majlislar zali, kutubxonasi bilan yaqindan tanishdilar.