2025-yil Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universitetida matematika sohasidagi xalqaro tadbir

2025-yil 28-apreldan 9-mayga qadar Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universitetida (AIFU) matematika sohasiga bag‘ishlangan yirik xalqaro tadbir bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir matematika va unga aloqador sohalarda yangi ilmiy yutuqlarni muhokama qilish, xalqaro olimlar, professorlar va talabalar o‘rtasida tajriba almashish hamda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.