“Ilhom” mukofoti tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ilhom” mukofoti tanlovining universitet bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu tanlov talabalarning adabiyotga qiziqishini oshirish, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, ilmiy-ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida o‘tkaziladi. Universitet bosqichida ishtirokchilar test savollari asosida o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyish etishdi. Eng yuqori natijalarga erishgan nomzodlar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.