Bakalavriat qabul jarayonlari haqida ma’lumotlar!

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni har yili 1-iyundan 30-sentabrgacha bo‘lgan oraliqda hujjat topshirishga taklif etadi.
🗂️ Hujjat topshirish jarayoni
Abituriyentlar AIFU rasmiy veb-sayti(aifu.uz va qabul.aifu.uz) orqali onlayn tarzda yoki universitet binosida shaxsan kelib hujjat topshirishlari mumkin. Quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Pasport yoki ID karta nusxasi
Tugallangan o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (attestat yoki diplom)
3×4 hajmdagi 4 dona rasm
Til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)
Ilova (ballar ko‘rsatilgan)
📝 Kirish imtihonlari
Qabul jarayonida abituriyentlar o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta mutaxassislik fanidan imtihon topshiradi.
1 – Mutaxassislik fani uchun – 30 ta test savoli, har biri 3.1 ball bilan baholanadi
2 – Mutaxassislik fani uchun – 30 ta test savoli, har biri 2.1 ball bilan baholanadi
Imtihonlar abituriyentlar qulayligi uchun onlayn va offline formatda o‘tkaziladi. Natijalar shaffoflik tamoyiliga asoslangan holda e’lon qilinadi.