Bugun universitetimizda “Sog‘lom turmush tarzi – mustahkam oilaning asosi” mavzusida muhim davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi professori Abduqodirova Lola Qabulovna mehmon sifatida ishtirok etdi.
📌 Suhbat davomida sog‘lom hayot tarzining inson salomatligi va oilaviy mustahkamlikka ta’siri, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va ruhiy barqarorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Professor Lola Qabulovna o‘zining qimmatli maslahatlari va ilmiy yondashuvlari bilan tadbir ishtirokchilarga foydali ma’lumotlar ulashdi.