Taniqli mehmon ekobloger Mo‘tabor Xushvaqtova ishtirokida Aniq va Ijtimoiy fanlar universitetida “Yoshlar va ekologik ong” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi!

Universitetimizda Toshkent tibbiyot akademiyasi professori, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi mutaxassis Abduqodirova Lola Qabulovna mehmon sifatida tashrif buyurdi. U ishtirok etgan “Sog‘lom turmush tarzi – mustahkam oilaning asosi” mavzusidagi davra suhbatida sog‘lom hayot tarzi, oilaviy qadriyatlar va ularning jamiyatdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Tadbir talabalar uchun juda foydali va ilhomlantiruvchi bo‘ldi.

Bugungi davra suhbatida yoshlar ekologik muammolar, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror hayot tarzini shakllantirish masalalari yuzasidan chuqur fikr almashdilar. Uchrashuv davomida ekologik muvozanatga tahdid solayotgan muhim muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etishning samarali yo‘llari va amaliy choralar haqida turli fikrlar bildirildi.
Talabalar o‘z qarashlari va takliflari orqali ekologik ongni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va yashil hayot tarziga o‘tish kabi dolzarb jihatlarga e’tibor qaratdilar.
Tabiat bizning mehrimiz va e’tiborimizga muhtoj! Agar har birimiz ekologik mas’uliyatni chuqur his qilgan holda yashasak, barqaror turmush tarzini hayotimizga tatbiq etsak, albatta, atrof-muhitni asrab-avaylab, uni sog‘lom va yashil holda kelajak avlodlarga yetkazishimiz mumkin.