Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida xalqaro hamkorlik doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiyaning nufuzli Balıkesir universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar delegatsiyasi ishtirok etdi.
Tashrifdan asosiy maqsad – ikki davlat, ayniqsa, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida mehmonlar Balıkesir universitetining ilmiy yo‘nalishlari, talaba almashinuvi dasturlari, qo‘shma loyihalar va boshqa hamkorlik imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazishdi. Shuningdek, AIFU rahbariyati bilan ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
📍 Qolaversa, mehmonlar Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining Chirchiqdagi o’quv binosiga ham tashrif buyurib, u yerdagi infratuzilma bilan yaqindan tanishishdi.