Aniq va Ijtimoiy fanlar universiteti va Malaysia Sarawak universiteti hamkorligida tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu dastur doirasida universitetimiz magistrantlari hamda professor-o‘qituvchilari o‘z bilim va malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Dastur yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanib, tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Ushbu hamkorlik ikki universitet o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi va kelgusida yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi.