ALIBABA.COM bilan global biznesga yo’l

28-may kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Alibaba International kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejeri Shiyu He ishtirokida ochiq seminar bo‘lib o‘tdi.

🌍 Seminarda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 10 dan ortiq tashkilot vakillari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Seminar davomida quyidagi muhim mavzular yoritildi:

🔹 Alibaba.com nima? — 200 mingdan ortiq yetkazib beruvchi va 200 million mahsulot bilan dunyoning eng yirik B2B platformasi.
🔹 Eksport imkoniyatlari: Alibaba orqali kichik va o‘rta bizneslar qanday qilib global bozorga chiqishi mumkinligi tushuntirildi.
🔹 “People, Product, Place” nazariyasi: xaridor, mahsulot va platforma o‘zaro qanday uyg‘unlashishi kerak.
🔹 Bepul ro‘yxatdan o‘tish va do‘kon ochish bosqichlari: Alibaba’da qanday boshlash kerakligi aniq misollar bilan ko‘rsatildi.