Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi

💬 2025-yil 30-may kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti xalqaro aloqalar doirasida muhim qadam tashladi. Universitet tomonidan Baku davlat universiteti (BSU) hamda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) bilan ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan anglashuv memorandumlari imzoladi.
🗂Ushbu hujjatlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi:
– qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
– konferensiya, seminar, simpoziumlar va treninglar tashkil etish;
– professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
– qo‘shma nashrlar, akademik dasturlar va madaniy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish.

❕Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida 2+2 va 1+1 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Ushbu dasturlar doirasida talabalar ikki oliy ta’lim muassasasining diplomiga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
💼Ushbu bitimlar AIFUning xalqaro ta’lim maydonidagi obro‘-e’tiborini mustahkamlab, yangi ilmiy va akademik imkoniyatlar eshigini ochadi.