Hamkorlik memorandumi bo’lib o’tdi

Aniq  va ijtimoiy fanlar universiteti va Universiti Malaysia Sabah(UMS) universiteti o’rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝Ushbu memorandum doirasida quyidagi yo’nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha aniq kelishuvlarga erishildi:

1. Talabalar almashinuvi dasturlari: Talabalar uchun xalqaro ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va global o‘quv muhiti yaratish. ( iyul-avgust oylarida)
2. Qo‘shma ta’lim dasturlari: 2+2 va 3+1 ta’lim tizimlari orqali o‘quv jarayonlarini birgalikda tashkil etish, bu esa ikki universitet talabalari uchun yangi imkoniyatlar ochish.
3. Professor o’qituvchilar almashinuvi: Tajriba almashish, o‘quv jarayonini takomillashtirish va xalqaro standartlarga mos ta’lim berish maqsadida professorlar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yish. ( iyul-avgust oylarida, 144 soatlik malaka oshirish)
4. Ilmiy loyihalar va grantlar: Ikki tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borish va xalqaro grantlarda birgalikda ishtirok etish orqali ilmiy aloqalarni kuchaytirish.