Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 29-noyabr kuni Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi vakillari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv ta’lim, ilm-fan va talabalik almashinuvi sohalarida yangi imkoniyatlarni ochish bo‘yicha kelishuvlarga boy bo‘ldi.
Uchrashuvda quyidagi hurmatli mehmonlar ishtirok etdilar:
– Prof. Dr. Musa Kazım ARICAN – Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi rektori;
– Serdar ÇALIMLI – Rektor maxsus kotibi;
– Murat KAHRAMAN – TÜRKSOY Yozuvchilar uyushmasi Bosh koordinatori;
Ushbu tashrif davomida quyidagi yo’nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha aniq kelishuvlar amalga oshirildi:
– Professor-o’qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo’lga qo’yish;
– Qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha 1+1 ta’lim shakli bo’yicha magistrlar va 2+2 ta’lim shakli bo’yicha bakalavrlar talabalar almashinuvi dasturlarini yo’lga qo’yish;
– Ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
– Magistr va PhD talabalarning ilmiy ishlariga birgalikda rahbarlik qilish;
– Ilmiy konferensiyalar tashkil etish;