Ko‘zi ojiz yoshlar uchun BRAYL alifbosida ingliz tili kitoblari tayyorlanmoqda!

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan ko‘zi ojiz yoshlar uchun ingliz tili o‘quv kitoblarini BRAYL alifbosida tayyorlash bo‘yicha muhim loyiha moliyalashtirilmoqda.

Bugun ushbu loyiha doirasida O‘zbekistonning IELTS bo‘yicha top mentori — Barno Muqimova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✅Uchrashuv davomida:

Qaysi turdagi ingliz tili kitoblarini BRAYL formatida tayyorlash;
Metodik va mazmuniy jihatlari;
Ko‘zi ojiz yoshlar uchun o‘quv jarayonini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Loyihaning texnik ijrosi bo‘yicha esa Komiljon Fayzullayev tomonidan BRAYL alifbosida kitoblarni yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.

❗️Eslatib o’tamiz: Qabul jarayonlari davom etmoqda.