Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining filologiya va tillarni o‘qitish (O‘zbek tili) yo‘nalishi zamonaviy metodlar asosida ona tilini chuqur o‘rgatadigan, adabiyotimizning boy merosini targ‘ib qiladigan va malakali o‘qituvchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Ushbu yo‘nalish orqali talabalar o‘zbek tili va adabiyotining nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘zlashtiradilar, dars berish ko‘nikmalarini shakllantiradilar.
📘 Ilmiy yondashuv va amaliy tayyorgarlik
Darslar tajribali filologlar va o‘zbek tili bo‘yicha yetuk mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Ta’lim jarayoni o‘quvchilarning tahliliy fikrlashini, tilga estetik munosabatini va adabiy asarlarni tahlil qilish salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan.
⏰ Ta’lim shakllari
Ushbu yo‘nalishda kunduzgi va kechki ta’lim shakllari mavjud. Bu esa turli yoshdagi va ish bilan band talabalar uchun mos va qulay ta’lim olish imkonini yaratadi.
🌐 Ta’lim tili
Ta’lim jarayoni to‘liq o‘zbek tilida olib boriladi. Darslar o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga va ona tilida erkin va aniq ifodalanish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Birinchi semestr
Ikkinchi semestr
Uchunchi semestr
To'rtinchi semestr
Beshinchi semestr
Oltinchi semestr
Yettinchi semestr
Sakkizinchi semestr