Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida zamonaviy psixologiyaning dolzarb masalalari mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi!

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) Xazrat Jabborov hamda mehmon psixolog, amaliyotchi mutaxassis Zebiniso Axmedova ishtirokida Zamonaviy psixologiyaning dolzarb masalalari mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi!
🧠 Tadbir davomida zamonaviy psixologiyada yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar, yoshlar psixologiyasi, stressni boshqarish, shaxsiy rivojlanish kabi muhim mavzular yoritildi. Talabalar bilan interaktiv muhokamalar, savol-javoblar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.