Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universitetining Biznes boshqaruvi (magistratura) ta’lim yo‘nalishi zamonaviy menejment, strategik rejalashtirish va tadbirkorlik sohasida chuqur bilimga ega, liderlik salohiyati yuqori bo‘lgan menejer va tadbirkorlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Ushbu dastur orqali talabalar real bozor sharoitida samarali qaror qabul qilish, kompaniya boshqaruvi va jamoani boshqarish bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlarni egallaydilar.
📘 Strategik fikrlash va amaliy yondashuv
Darslar tajribali professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi menejerlar va biznes ekspertlari tomonidan olib boriladi. O‘quv jarayoni interaktiv darslar, keys-stadilar (case studies), loyiha ishlari va seminar-treninglar orqali tashkil etiladi.
⏰ Ta’lim shakli
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim kunduzgi shaklda olib boriladi. Bu talabalar uchun to‘liq vaqt ajratilgan holda chuqur va sifatli bilim olish imkonini yaratadi. Darslar o’zbek tilda olib boriladi.