Iqtisodiyot

Kunduzgi ta'lim dasturi

  • Ta'lim shakli:  Kunduzgi ta'lim
  • O'quv dastur davomiyligi:   2 yil
  • Ta'lim tili:  O'zbek tili
  • Kontrakt narxi:  19 900 000

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining Iqtisodiyot (magistratura) ta’lim yo‘nalishi bugungi kunda iqtisodiy jarayonlarni chuqur tahlil qila oladigan, ishonchli qarorlar qabul qilishga qodir va zamonaviy iqtisodiy fikrlovchi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

 

Ushbu dasturda talabalar ilg‘or iqtisodiy nazariyalar, tahlil usullari va amaliy boshqaruv mexanizmlarini o‘zlashtiradilar.

📘 Nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan ta’lim
Darslar tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘quv jarayoniga iqtisodiy tahlil, statistika, makro va mikroiqtisodiyot, moliyaviy boshqaruv, davlat siyosati va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar kiritilgan.

⏰ Ta’lim shakli
Dastur kunduzgi shaklda olib boriladi. Talabalarga o‘qish uchun to‘liq vaqt ajratilgan bo‘lib, ilmiy izlanish va amaliy mashg‘ulotlarga faol jalb etiladi. Darslar jarayoni o‘zbek tilida olib boriladi.