Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining Bank ishi (magistratura) ta’lim yo‘nalishi zamonaviy moliyaviy tizimni chuqur tushunadigan, bank faoliyatini boshqarish bo‘yicha ilg‘or nazariy va amaliy bilimlarga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
📘 Moliyaviy tahlil va bank tizimi chuqur o‘rganiladi
Darslar bank ishi bo‘yicha malakali ustozlar va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Ta’lim jarayoni bank faoliyati, kreditlash, risklarni boshqarish, to‘lov tizimlari, moliyaviy bozorlar va raqamli bank xizmatlariga oid chuqur bilimlarni qamrab oladi.
⏰ Ta’lim shakli
Dastur kunduzgi shaklda olib boriladi. Bu talabalarga ilmiy va amaliy mashg‘ulotlarga to‘liq vaqt ajratilgan holda bilim olish imkonini yaratadi. Ta’lim jarayoni o‘zbek tilida olib boriladi.