Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni har yili 1-iyundan 30-sentabrgacha bo‘lgan oraliqda hujjat topshirishga taklif etadi.
🗂️ Hujjat topshirish jarayoni
Abituriyentlar AIFU rasmiy veb-sayti(aifu.uz va qabul.aifu.uz) orqali onlayn tarzda yoki universitet binosida shaxsan kelib hujjat topshirishlari mumkin. Quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Pasport yoki ID karta nusxasi
Tugallangan o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (attestat yoki diplom)
3×4 hajmdagi 4 dona rasm
Til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)
Ilova (ballar ko‘rsatilgan)
📝 Kirish imtihonlari
Qabul jarayonida abituriyentlar o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta mutaxassislik fanidan imtihon topshiradi.
1 – Mutaxassislik fani uchun – 30 ta test savoli, har biri 3.1 ball bilan baholanadi
2 – Mutaxassislik fani uchun – 30 ta test savoli, har biri 2.1 ball bilan baholanadi
Imtihonlar abituriyentlar qulayligi uchun onlayn va offline formatda o‘tkaziladi. Natijalar shaffoflik tamoyiliga asoslangan holda e’lon qilinadi.
🎖️ Imtiyozlar tizimi
AIFU istedodli va ijtimoiy himoyaga muhtoj abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi imtiyozlarni taklif etadi:
🏅 Iqtidorli yoshlar uchun:
Xorijiy tillarni (CEFR C1/C2, IELTS 6.5+, TOEFL 90+) yuqori darajada biluvchi abituriyentlar imtihonsiz yoki alohida tanlov asosida qabul qilinishi mumkin.
Xalqaro va respublika miqyosidagi fan olimpiadalari g‘oliblari va sovrindorlari uchun qo‘shimcha ball yoki imtihondan ozod qilish imkoniyati beriladi.
🤝 Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun:
Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga to‘lov-kontrakt miqdoridan chegirmalar
Otasiz yoki onasiz o‘sgan bolalar, yetimlik holatidagi abituriyentlarga afzalliklar
Nogironligi bor abituriyentlarga maxsus ko‘mak xizmatlari va qo‘shimcha vaqt ajratiladi
🎓 Grant imkoniyatlari
Bakalavriat uchun grant (Faqat kunduzgi ta’limda tahsil oluvchilar uchun):
– 4 yillik grant 50%lik kunduzgi yo‘nalishlar uchun 40 tadan imtihon asosida saralab olinadi (Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plaganlar saralab olinadi)
– 4 yillik grant 50%lik kunduzgi yo‘nalishlar uchun IELTS 6.5 va undan yuqori bo‘lgan 40 ta abituriyentga beriladi
– 4 yillik grant 50%lik kunduzgi yo‘nalishlar uchun Xitoy tili HSK 3 darajasiga ega yoki yuqori bo‘lgan 40 ta abituriyentlarga beriladi
– 4 yillik grant 50%lik SAT imtihonidan 1200 yoki undan yuqori ball to‘plagan 40 ta abituriyentga beriladi
– 4 yillik grant 50%lik Matematika, Fizika, Ingliz tili fan olimpiada sovrindorlariga – 40 ta
📌 Umumiy bakalavr grantlari: 200 ta 50%lik grant