«AIFU Zakovat ligasi» g’oliblari Samarqand safarida!

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida qariyb 5 oy davomida tashkil etilgan «AIFU Zakovat ligasi»ning g’olib va sovrindorlari uchun va’da qilingan sayohat ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.

Boqiy Samarqand shahrining Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulug’bek rasadxonasi, Bibixonim maqbarasi va masjidi, shuningdek, Konigil hunarmandchilik qishlog’iga amalga oshirilgan tashriflar talabalarimiz xotirasida o’chmas iz qoldirdi.

Keyingi safarlarimizda aynan siz ham safimizda bo’lishingiz mumkin. Chunki hali asosiy turnirlar-u tanlovlar oldinda.