Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Japan Interexchange va Japan Internship Support Association o‘rtasida xalqaro hamkorlik shartnomasi imzolandi!
Ushbu hamkorlik:
– Yaponiyada “Work and Travel” dasturida ishtirok etish imkonini beradi;
– Ikki tomonlama talaba almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yadi.
– Yapon tilini biladigan talabalarga ustuvorlik beriladi;
Shartnoma doirasida talabalar Yaponiyadagi kompaniyalarda o‘z kasbiy malakasini oshirib, xalqaro tajribaga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.