AIFU va TIKA o‘rtasida hamkorlik muzokaralari o‘tkazildi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori professor G‘olibjon Botirov, universitetning xalqaro bo‘lim vakillari Turkiyaning “Xalqaro rivojlanish va hamkorlik agentligi” (TIKA) tashkiloti rahbari Ali Riza Tezjan bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv davomida ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim muzokaralar olib borildi.

➡️ Uchrashuvning asosiy maqsadlari:
Ilmiy konferensiyalar tashkil etish
Turkiyadan professor-o‘qituvchilarni AIFUga jalb qilish
AIFU professor-o‘qituvchilarini Turkiya universitetlarida malaka oshirish dasturiga yuborish
Turk tili o‘qituvchilarini AIFUga taklif qilish
AIFU talabalarini Turkiya Universitetlarida tahsil olishishiga ko‘maklashish
TIKA bilan hamkorlikni kengaytirish va akademik aloqalarni mustahkamlash

📌 TIKA bilan hamkorlik natijasida ikki davlat Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot, akademik almashinuv va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.