Ilm-fan va innovatsiyalar sari dadil qadam!

Ilm-fan va innovatsiyalar sari dadil qadam!

2025-yil 23–24-may kunlari Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Science and Innovation xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Yosh matematiklarning yangi teoremalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 

✅Ushbu nufuzli anjumanda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, fizika-matematika fanlari doktori, professor G‘olibjon Botirov ishtirok etdi.

✅Universitetimiz rektori matematikaning fundamental ahamiyati, zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyasi hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lidagi strategik yondashuvlar haqida so‘z yuritdi.