28-may kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Alibaba International kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejeri Shiyu He ishtirokida ochiq seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 10 dan ortiq tashkilot vakillari va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Seminar davomida quyidagi muhim mavzular yoritildi:
Alibaba.com nima? — 200 mingdan ortiq yetkazib beruvchi va 200 million mahsulot bilan dunyoning eng yirik B2B platformasi.
Eksport imkoniyatlari: Alibaba orqali kichik va o‘rta bizneslar qanday qilib global bozorga chiqishi mumkinligi tushuntirildi.
“People, Product, Place” nazariyasi: xaridor, mahsulot va platforma o‘zaro qanday uyg‘unlashishi kerak.
Bepul ro‘yxatdan o‘tish va do‘kon ochish bosqichlari: Alibaba’da qanday boshlash kerakligi aniq misollar bilan ko‘rsatildi.