Bo‘tayev Jonibek Shodiyevich
Qabul kunlari: Seshanba 10:00-12:00, payshanba 13:00-15:00
Telefon: +99897 776 30 57
Elektron pochta: bjonibek85@gmail.com
Men 1985 yil 2 dekabr kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Jo‘sh QFYda tug’ilgan. Otasi – Bo‘tayev Shodi Nuriddinovich. 1955 yil
Samarqand viloyatida tug’ilgan. Suv xo‘jaligidagi ishlagan. 2021 yil vafot etgan. Onasi – Bo‘tayeva Nazira 1956 yil Samarqand viloyatida tug’ilgan. Hozir nafaqada. 1993-2002 yillarda Qo‘shrabot tumanidagi 45-maktab va 2002-2004 yillarda 56-maktabda o‘qigan. 2006-2010 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida bakalavriat, 2011-2013 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida magistaturada tahsil olgan. 2013-2017 yillarda akademik litseyda tarix fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2020-2022 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida tayanch doktoranturada o‘qib, 2023 yil yanvarda “XIX asr oxiri–XX asr boshlarida Samarqand viloyati ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlari” mavzusida 07.00.01- O‘zbekiston tarixi mutaxassisligidan dissertatsiya ishini himoya qilib, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. 2023 yildan Aniq va ijtimoiy fanlar univertsitetida Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent v.b lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Oilali – 3 nafar farzandi bor. Hozirgi kunda Toshkent Shahar Olmazor tumani Mirzo G’olib ko‘chasi 4-uy 35-xonadonda istiqomat qiladi.
Ta’lim:
2006-2010- O‘zbekiston Milliy universiteti (Bakalavriat)
2011-2013- O‘zbekiston Milliy universiteti (Magistratura)
2020-2022 – O‘zbekiston Milliy universiteti (PhD)
Mehnat faoliyati:
2013-2014 – O‘zMU akademik litseyi Tarix fani o‘qituvchisi
2014-2017 – Toshkent Islom universiteti akademik litseyi Tarix fani o‘qituvchisi
2017-2018 – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dekan o‘rinbosari
2018-2019 – O‘zbekiston milliy universiteti Ma’naviyat bo‘limi uslubchisi
2020-2022 – O‘zbekiston milliy universiteti Tarix fakulteti doktoranti
2022-2023 – Toshkent amaliy fanlar universiteti dekan o‘rinbosari
2023-h.v. – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti kafedra mudiri, dotsent v.b.
Loyihalarda ishtiroki:
2012-2013 yillar Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Temuriylar davri renessansi” mavzusidagi amaliy loyiha
Xalqaro platformalardagi sahifalari:
Tanlangan maqolalar ro‘yxati:
1. ESTABLISHMENT OF MODERN MEDICAL SERVICE IN SAMARKAND REGION AT THE END OF THE XIX CENTURY AND THE BEGINNING OF THE XX CENTURY | International Journal Of History And Political Sciences
2. XIX АСРНИНГ ИККИНЧИ ЯРМИДА САМАРҚАНД ВИЛОЯТИДА ТИББИЙ АҲВОЛ (ЎЗМА ҲУЖЖАТЛАРИ АСОСИДА) – тема научной статьи по биологическим наукам читайте бесплатно текст научно-исследовательской работы в электронной библиотеке КиберЛенинка
3. Освещение ирригационной системы Самаркандской области в статистических обзорах и сборниках второй половины XIX – начала XX века | Общество и инновации