Buxgalteriya hisobi

Kunduzgi ta'lim dasturi

  • Ta'lim shakli:  Kunduzgi ta'lim
  • O'quv dastur davomiyligi:   4 yil
  • Ta'lim tili:  O'zbek tili
  • Kontrakt narxi:  17 000 000

Kechki ta'lim dasturi

  • Ta'lim shakli:  Kechki ta'lim
  • O'quv dastur davomiyligi:  4.5 yil
  • Ta'lim tili:  O'zbek tili
  • Kontrakt narxi:  14 900 000

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining buxgalteriya hisobi ta’lim yo’nalishi – moliya sohasidagi aniqlik va mas’uliyat

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishi talabalarga moliyaviy hisobotlarni tuzish, buxgalteriya tizimlarini boshqarish va korxona faoliyatining moliyaviy tahlilini amalga oshirish uchun zaruriy bilim va ko‘nikmalarni taqdim etadi. Ushbu yo‘nalishda talabalarga buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, soliqqa tortish va audit kabi fanlar o‘rgatiladi.

Dastur davomida talabalar buxgalteriya hisobi bo‘yicha amaliyotlarda qatnashish orqali nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Talabalar moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish, buxgalteriya dasturlarini qo‘llash va hisob-kitoblarni amalga oshirish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

Buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishi talabalarga moliya va hisob-kitoblar sohasida muvaffaqiyatli karyera qurish uchun zarur bo‘lgan barcha bilim va ko‘nikmalarni beradi. Ushbu yo‘nalishda olingan ta’lim talabalarning kelajakda moliyaviy menejment, audit va soliq maslahati kabi sohalarda yetakchi mutaxassis bo‘lishiga zamin yaratadi.

1 - Kurs

Birinchi semestr

  • O'zbekistonning eng yangi tarixi
  • Iqtisodiyot nazariyasi
  • Amaliy matematika
  • Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
  • Iqtisodiy ta'limotlar tarixi
  • Xorijiy til

Ikkinchi semestr

  • Amaliy matematika
  • Iqtisodiyot nazariyasi
  • Xorijiy til
  • O'zbek tili
  • Rus tili
  • Dinshunoslik
  • Jismoniy madaniyat va sport
  • Akademik ko'nikmalar va kasbiy kompetentlik

2 - Kurs

Uchunchi semestr

  • Falsafa
  • Statistika
  • Biznesda buxgalteriya hisobi
  • Mikroiqtisodiyot
  • Buxgalteriya hisobiga kirish
  • Soliqlar va soliqqa tortish

To'rtinchi semestr

  • Moliyaviy hisob asoslari
  • Iqtisodiy tahlil
  • Boshqaruv hisobiga kirish
  • Biznes huquqi

3 - Kurs

Beshinchi semestr

  • Moliyaviy hisob
  • Auditga kirish
  • Oraliq boshqaruv hisobi
  • Professional buxgalteriya hisobi

Oltinchi semestr

  • Moliyaviy hisob
  • Davlat sektori buxgalteriya hisobi
  • Audit
  • Moliyaviy hisobot

4 - Kurs

Yettinchi semestr

  • Tanlov fanlar

Sakkizinchi semestr

  • Malakaviy amaliyot
  • Yakuniy davlat attestatsiyasi