Dasturiy injiniring yo‘nalishi – bu texnologiyalar bilan kelajakni yaratishga yo‘l ochuvchi ta’lim! Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti sizni global IT bozoriga tayyorlaydi!
Ushbu yo‘nalishda talabalar dasturlash, tizimli tahlil, algoritmlar, sun’iy intellekt va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘ladilar.
💻 Zamonaviy o‘quv yondashuvi
Darslar tajribali o‘qituvchilar hamda IT sohasi vakillari tomonidan olib boriladi. O‘quv jarayoniga loyiha ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, real IT yechimlar, startap loyihalar va texnologik treninglar kiritilgan.
⏰ Ta’lim shakllari
Dasturiy injiniring yo‘nalishida kunduzgi va kechki ta’lim shakllari mavjud. Bu esa talabalar o‘zlarining ish yoki boshqa sharoitlariga mos tarzda ta’lim olishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.
🌐 Til imkoniyatlari
Darslar o‘zbek va ingliz tillarida olib boriladi. Talabalar o‘z til darajasi va yo‘nalishiga mos guruhda ta’lim olishlari mumkin. Ingliz tilidagi darslar global IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Birinchi semestr
Ikkinchi semestr
Uchunchi semestr
To'rtinchi semestr
Beshinchi semestr
Oltinchi semestr
Yettinchi semestr
Sakkizinchi semestr