Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish (Ingliz tili) yo‘nalishi ingliz tilini chuqur biladigan, zamonaviy metodika asosida dars bera oladigan, yuqori malakali til o‘qituvchilarini tayyorlashga qaratilgan.
Ushbu yo‘nalishda talabalar tilshunoslik, metodika, madaniyatlararo kommunikatsiya va amaliy til ko‘nikmalari bo‘yicha keng qamrovli bilimlarga ega bo‘ladilar.
📘 Zamonaviy yondashuv va ilg‘or metodikalar
Darslar malakali filologlar, xorijiy tillar o‘qituvchilari va soha mutaxassislari tomonidan olib boriladi. O‘quv jarayoni interaktiv darslar, til amaliyotlari, dars berish texnologiyalari va til o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
⏰ Ta’lim shakllari
Yo‘nalish bo‘yicha ta’lim kunduzgi va kechki shakllarda olib boriladi. Bu esa har bir talabaga o‘ziga mos vaqtda ta’lim olish imkoniyatini beradi.
🌐 Ta’lim tillari
Darslar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Bu esa har bir talabaga tilni chuqur o‘zlashtirish imkonini yaratadi. Ingliz tilidagi darslar talabalarning tilga bo‘lgan ishonchini oshirib, ularni xalqaro standartlarga tayyorlaydi.
Birinchi semestr
Ikkinchi semestr
Uchunchi semestr
To'rtinchi semestr
Beshinchi semestr
Oltinchi semestr
Yettinchi semestr
Sakkizinchi semestr