Matematika

Kunduzgi ta'lim dasturi

  • Ta'lim shakli:  Kunduzgi ta'lim
  • O'quv dastur davomiyligi:   4 yil
  • Ta'lim tili:  O'zbek tili
  • Kontrakt narxi:  17 000 000

Kechki ta'lim dasturi

  • Ta'lim shakli:  Kechki ta'lim
  • O'quv dastur davomiyligi:  4.5 yil
  • Ta'lim tili:  O'zbek tili
  • Kontrakt narxi:  14 900 000

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining matematika ta’lim yo’nalishi – kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun asosiy bilimlar.

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining matematika ta’lim yo‘nalishi talabalarga matematik bilimlarni chuqur o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini taqdim etadi. Bu yo‘nalish talabalarni ilmiy tafakkur, analitik fikrlash va murakkab matematik muammolarni hal qilishga o‘rgatadi.

Matematika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga keng qamrovli va chuqur bilimlar beriladi. Talabalar nazariy matematika, algebra, geometriya, matematik analiz, statistik tahlil kabi asosiy fanlarni o‘rganishadi. Darslar davomida talabalar nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirishadi, balki ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini ham oladilar.

Ta’lim jarayonida talabalar zamonaviy ta’lim usullaridan foydalangan holda, o‘qituvchilar rahbarligida mustaqil izlanishlar olib borishadi. Bu esa ularga ilmiy-tadqiqot ishlarini yuritish, matematik modellashtirish va analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi.

Matematika ta’lim yo‘nalishi talabalarga kelajakda muhandislik, iqtisodiyot, informatika va boshqa ko‘plab sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zaruriy bilim va ko‘nikmalarni taqdim etadi. Ushbu yo‘nalishda olingan ta’lim talabalarni ilm-fan, sanoat va texnologiya sohalarida yetakchi mutaxassis bo‘lishga tayyorlaydi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining matematika ta’lim yo‘nalishi – bu talabalar uchun matematik tafakkur, murakkab muammolarni hal qilish qobiliyati va ilmiy izlanishlar orqali kelajakdagi muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatlariga poydevor qo‘yish imkonini taqdim etadi.

1 - Kurs

Birinchi semestr

  • Matematik analiz
  • Algebra
  • Analitik geometriya
  • Umumiy psixologiya
  • Dinshunoslik
  • O'zbekistonning eng yangi tarixi

Ikkinchi semestr

  • Matematik analiz
  • Algebra
  • Dasturlash asoslari
  • Analitik geometriya
  • O'zbek tili
  • Rus tili
  • Falsafa

2 - Kurs

Uchunchi semestr

  • Differensial tenglamalar
  • Differensial geometriya va topologiya
  • Matematik analiz
  • Algebra
  • Media savodxonlik va axborot madaniyati
  • Umumiy pedagogika

To'rtinchi semestr

  • Malakaviy amaliyot
  • Ehtimollar nazariyasi va matematika statistikasi
  • Matematika o'qitish metodikasi
  • Differensial tenglamalar
  • Differensial geometriya va topologiya
  • Matematik analiz
  • Umumiy pedagogika

3 - Kurs

Beshinchi semestr

  • Nazariy mexanika
  • Ehtimollar nazariyasi va matematika statistikasi
  • Matematik fizika tenglamalari
  • Kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Funksional analiz

Oltinchi semestr

  • Malakaviy amaliyot
  • Funksional analiz
  • Kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Matematik fizika tenglamalari

4 - Kurs

Yettinchi semestr

  • Variatsion hisob va optimallashtirish usullari
  • Uzluksiz ta'limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar
  • Gospital ta'lim
  • Inklyuziv ta'lim

Sakkizinchi semestr

  • Malakaviy amaliyot
  • Yakuniy davlat attestatsiyasi